19:13 / 31.03.2016
1911

Dubay va Nyu-York sayyohlar uchun eng qimmat yo‘nalishlar ekani ma'lum bo‘ldi

Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahri va Nyu-York, yangi tadqiqot yakunlariga ko‘ra, sayyohlar uchun eng qimmat yo‘nalishlar deb e'tirof etilgan. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar qildi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga binoan, Dubayda bir kecha kunduz qolish bir sayyohga 278,92 (401,44 AQSh dollari) funt sterlingga aylansa, Nyu-Yorkda bu raqam 256,8 funt(369,60 AQSh dollari)ni tashkil etadi.

Uchinchi o‘rinda Botsvana bormoqda. Ro‘yxatni Marrakesh, Sidney, London, Singapur, Karakas va Kankun davom ettirgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng arzon yo‘nalishlar ro‘yxati ham tuzib chiqildi. Unda, Vengriya poytaxti Budapesht yetakchilik qilmoqda. Bu shaharda bir kecha kunduz turish, kishi boshiga 40,34(58,06 AQSh dollari) funtga tushadi.

Arzon shaharlar ro‘yxatiga shuningdek, Tenerife, Bangkok, Xanoy, Keyptaun, Faru, Oklend, Korfu, Sharm-ash-Shayx va Kuala-Lumpur ham kiritildi.

Top