11:27 / 31.03.2016
1341

EgyptAir styuardessasi samolyotni garovga olgan shaxs bilan selfi olgani ma'lum bo‘ldi

EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti styuardessalaridan biri samolyotni garovga olgan Sayf ad-Din Mustafo bilan selfiga tushgan. Bu haqda The Telegraph xabar yozgan.

Nashrda bu fotosurat nashr qilingan, keyinroq bu surat ijtimoiy tarmoqlar bo‘ylab tarqalgan. Unda styuardessa aviaqaroqchining yonida jilmaygan holatda suratga tushganini ko‘rish mumkin.

Bundan oldinroq, Daily Mail nashrida samolyot yo‘lovchilaridan biri Sayf ad-Din Mustafo bilan tushgan suratni nashr qilgandi.

29 mart kuni Sayf ad-Din Mustafo EgyptAir aviakompaniyasi samolyotining Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyotini garovga oldi va Kiprning Larnaka aeroportiga olib bordi. Bir necha soatlik muzokaralardan keyin u taslim bo‘lgan. Uning harakatlaridan hech kim jabr ko‘rmagan.

Kipr TIV vakili Aleksandros Zenonning bildirishicha, rasmiylar so‘roq yakunlaridan so‘ng uning terrorchi emas, ruhiy beqaror kishi ekanligi haqidagi xulosaga keldi.

EgyptAir samolyotini garovga olgan shaxs o‘z harakatlariga tushuntirish berdi

Top