22:31 / 31.03.2016
1788

Germaniya tashqi ishlar vaziri Samarqandga tashrif buyurdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyer O‘zbekistonga safari doirasida Samarqandga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmon qadimiy shaharning tarixiy yodgorliklarini tomosha qildi, Samarqandda madaniy merosni saqlash bo‘yicha Germaniya tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Shtaynmayyer Markaziy Osiyoga safari davomida Qirg‘iziston va Tojikistonga ham tashrif buyuradi.

Top