15:16 / 31.03.2016
2443

Hasanboy Do‘smatov «Rio-2016» o‘yinlariga yo‘llanma oldi

Xitoyning Kuinan shahrida XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun o‘tkazilayotgan Osiyo va Okeaniya qo‘shma lisenzion chempionatida birinchi o‘zbekistonlik sportchi yo‘llanmani naqd qildi.

Milliy olimpiya Qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun bugun ringga ko‘tariladigan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschidan birinchi bo‘lib bahslarga kirishgan Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) yarim finalda mo‘g‘ilistonlik Gan-Erden Ganxuyagni 3:0 hisobida mag‘lub etib, hal qiluvchi final bahsiga chiqish bilan birga “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

Top