19:24 / 31.03.2016
1740

Kristofer Uoken Qantas’ning yangi reklamasida raqsga tushdi

«Oskar» mukofoti sovrindori, aktyor Kristofer Uoken Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi reklama roligida ishtirok etdi. Lavhani YouTube saytida tomosha qilish mumkin.

Uoken «Kriminal novella», «Enni Holl» va «Bug‘ular ovchisi» kabi filmlardagi roli bilan tanilgan.

Uoken Qantas’ning yangi hazilomuz reklamasida, tez-tez parvoz qiluvchi yo‘lovchilar, aviakompaniya dasturi doirasida imtiyoz ballarini qanday ko‘paytirishlari mumkinligini namoyish etgan. Lavha so‘nggida, artist o‘zining raqsga tushish qobiliyatini ham ko‘rsatgan.

News.com.au saytining yozishicha, Uoken reklamada birinchi marta tushayotgani yo‘q. Masalan, u bir paytlar Kia reklama roligi qahramoni ham bo‘lgandi.

Bundan avvalroq, Emirates aviakompaniyasining amerikalik aktrisa Jyennifer Eniston bosh rolni ijro etgan videolavhasi internet xitiga aylangani xabar qilingan edi.

Top