16:17 / 31.03.2016
1415

Messi: «Faoliyatimdagi 500-golimni klasikoda ursam ajoyib ish bo‘lardi»

Kataloniyaning «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2 aprel kuni «Real»ga qarshi uchrashuvda 500-golini kiritishi mumkin.

«Faoliyatimdagi 500-golimni klasikoda kiritsam ajoyib ish bo‘lardi, biroq g‘alaba qozonsak, bundan ham yaxshi bo‘lardi», – deya ta'kidlagan argentinalik futbolchi.

Shuningdek Messining vatandoshi, klubdagi sherigi Xaver Maskerano futbolchini qo‘llab-quvvatlagan.

«Umid qilamanki, Messi o‘zining 500-golini «Real» darvozasiga kiritadi. Dam olish kuni bizni juda murakkab uchrashuv kutib turibdi», – deya qayd etgan Maskerano.

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi bahs 2 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.30da boshlanadi.

Top