21:23 / 31.03.2016
1960

Namangan davlat universitetida “Biz buzg‘unchi g‘oyalarga qarshimiz” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Namangan davlat universitetida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi tomonidan partiyaning “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” ijtimoiy loyihasi doirasida “Biz buzg‘unchi g‘oyalarga qarshimiz” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputatlari, partiya viloyat kengashi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Asosiy e'tibor bugungi globallashuv davrida yoshlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga sog‘lom munosabatni shakllantirish, ularga axborot olish va tarqatish borasida tushunchalar berish, axborot olamida yoshlarning ishtirokini kengaytirish hamda ularda internet tarmog‘idagi turli axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

– Yoshlar huquq va manfaatlarini ta'minlash Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Konstitutsiyamiz va qator qonunlarimizda mustahkamlab qo‘yilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Shuhrat Yoqubov.

Top