10:40 / 31.03.2016
1249

Poroshenko: Mamlakat sharqidagi ixtiloflar tufayli 10 mingga yaqin kishi qurbon bo‘lgan

Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning aytishicha, mamlakat sharqida keyingi 2 yil davomida olib borilgan qurolli nizolar tufayli kamida 10 ming kishi halok bo‘lgan. "112 Ukraina" nashrida yozilishicha, prezident qurbonlarning 2,7 mingdan ortig‘i harbiy xizmatchilar bo‘lganini ma'lum qilgan.

Vashingtondagi "Ukraina ozodligi uchun kurash davom etadi" nomli forumda Poroshenko bu miqdor AQShning Afg‘onistonda keyingi 15 yilda olib borgan harbiy harakatlaridagi yo‘qotishlaridan ko‘pligini ta'kidlab o‘tgan.

"Donetsk va Luganskda va Ukrainaning boshqa hududlarida 1,8 mln kishi o‘z boshpanalaridan ayrildi. Ukraina hududining 7 foizi okkupatsiya qilingan holatda qolmoqda. Ukraina iqtisodiyotining 20 foizi yo‘q qilingan", deydi Poroshenko.

Poroshenko 30 martdan 3 aprelga qadar AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Prezident ishtirokidagi forum 30 mart kuni kechqurun Kapitoliy tepaligidagi tashrif buyuruvchilar markazida bo‘lib o‘tdi.

Poroshenko Rossiyani Donbassdan “tuyog‘ini shiqillatish”ga chaqirdi

Top