06:39 / 31.03.2016
1311

Saudi Aramco yaqin o‘n yil ichida gaz qazib olishni ikki barobarga oshirmoqchi

Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi Saudi Aramco yaqin o‘n yil ichida gaz qazib olishni ikki barobarga oshirmoqchi, deb xabar bermoqda kompaniya rahbari Amin Nasserga iqtibos keltirgan holda RNS nashri.

Nasserning ta'kidlashicha, energiya tashuvchilarga narx-navoning pastligiga qaramasdan, kompaniya o‘zining neft, gaz yoki qayta ishlash sohalaridagi loyihalarini bekor qilmoqchi emas.  

"Bizning qayta ishlash va qazib olish bo‘yicha barcha loyihalar davom etmoqda. Birorta ham dastur bekor qilinmagan", deb aytdi Nasser.

Top