08:03 / 31.03.2016
1347

Somalida shifoxona xodimlari mashinasi o‘qqa tutilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Somali poytaxti Mogadishoda noma'lum shaxs mikroavtobusni o‘qqa tutishi oqibatida 6 kishi, jumladan ikki nafar Turkiya fuqarosi va 4 nafar somaliylik halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Politsiyada ma'lum qilinishicha, avtomobilda Turkiya ko‘magida faoliyat yurituvchi shifoxona xodimlari bo‘lgan. Hujum vaqtida shuningdek 5 nafar turk va bir nafar keniyalik yaralangan.

Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh o‘z bo‘yniga olmadi, biroq ushbu hududda "Al-Shabob" jangarilari harakat qiladi.

Avvalroq AQShning uchuvchisiz parvoz qurilmasi "Ash-Shabob"ning Somalidagi qarorgohida 150 dan ko‘proq jangarini yo‘q qilgandi.

Top