20:53 / 31.03.2016
1626

Top Gear avtoshousining yangi boshlovchilari ishtirokidagi ilk treyleri paydo bo‘ldi

Top Gear avtoshousining yangi boshlovchilari 23-faslning ilk treylerini namoyish etishdi. Bu haqida The Hollywood Reporter xabar beradi. 

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, bir daqiqali rolik Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Marokash va BAA hududlarida tasvirga olingan.

Unda jurnalist Kris Evans va aktyor Mett Leblan Aston Martin Vulcan, Ferrari F12 TDF, Ariel Nomad hamda eski uch g‘ildirakli Reliant mashinalarining lyuks modellarini haydab ko‘rishadi.

Avtoshouning yangi fasli joriy yilning may oyida ekran yuzini ko‘radi. Bu vaqt ichida Top Gear`ning avvalgi boshlovchilari o‘zlarining kuz oyida Amazon internet-servisida namoyish etiluvchi avtomobil haqidagi dasturini tayyorlash bilan band.

Top