11:55 / 31.03.2016
1484

Xitoylik nogiron kishi o‘zini o‘ldirishi uchun qotil yollagani ma'lum bo‘ldi

Xitoyning Chjenchjou shahrida istiqomat qiluvchi, nogironlik aravasiga mixlangan kishi o‘zini o‘ldirish uchun qotil yollagan. Lekin qotil unga pichoq bilan 12ta jarohat yetkazgach, tirik qolgan va odamlarni yordamga chaqirgan. Bu haqda The South China Morning Post gaazetasi xabar yozgan.

U jarohatlangan holda shahardagi shifoxonaga olib borilgan va ayni vaqtda shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Xitoy politsiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, voqea 2015 yilning oktabrida bo‘lib o‘tgandi, lekin bu ma'lumot endigina oshkor etildi. Nogironga jarohatlar yetkazgan yollanma qotil qo‘lga olingan va unga qasddan odam o‘ldirishga urinish bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.

Amalga oshmay qolgan qotillik buyurtmachisi qotilni internet orqali topgan. U bir necha yil oldin aviahalokatga uchragan va shundan keyin oyoqlarida yura olmay qolgan. Shundan so‘ng u o‘lishni istagan. U yollanma qotilga ish uchun 70 ming yuan (deyarli 11 ming dollar) taklif qilgan.

Ular hostelda uchrashishgan, "no‘noq qotil" esa buyurtmachisiga meva kesuvchi pichoq bilan 12 joyidan jarohatlagan. Lekin "qurbon" og‘riqlarga chiday olmasdan baqira boshlagan va odamlarni yordamga chaqirgan. Shundan keyin "qotil" qurolini tashlab voqea joyidan qochib ketgan. Hostel xodimlari politsiya va tibbiy xizmat vakillarini chaqirishgan. Huquq-tartibot organlari kuzatuv kameralaridagi tasvirlar orqali yollanma qotilni Lyanyungan shahrida qo‘lga olishgan.

Top