21:08 / 01.04.2016
1755

Tsukerberg va H&M tomonidan yaratilgan liboslar namoyish etiluvchi sayt ishga tushdi

Tarmoqlarda shved kompaniyasi H&M Facebook rahbari Mark Tsukerberg bilan hamkorlikda yaratilgan liboslar to‘plamini namoyish etuvchi Markforhm sayti paydo bo‘lgani haqida xabar berildi.

"Barcha to‘plamlar yettita futbolka va bir juft klassik jinsilardan iborat. Bundan tashqari, saytda Markning turli vaziyatlardagi korporativ uslubi namoyish etilgan suratlardan iborat “lukbuk”ni ham uchratish mumkin", deyiladi xabarda.

Shuningdek, H&M Tsukerberg bilan uzoq muddatli hamkorlikni e'lon qilganidan mamnun ekanligini qayd etgan. Birgalikda yaratilgan yangi to‘plam savdo do‘konlarida joriy yilning 1 mayidan sotuvga qo‘yila boshlashi haqida aytildi.

Britaniyaning Metro nashri H&M kompaniyasi vakillari bilan bog‘lanib, hech qanday yangi sayt ishga tushirilmagani va bu xabarga ularning aloqalari yo‘q ekanligini aniqlashdi. Shuning bilan birga, H&M xodimlari saytda ularni press-reliz uslublari o‘xshash qilib ishlanganini qayd etishdi. Tsukerbergdan esa bu mavzuda hali hech qanday izoh qabul qilinmadi.

Ma'lum bo‘lishicha, bu aksiya ham shunchaki birinchi aprel hazili bo‘lib chiqdi.

Top