09:49 / 01.04.2016
1206

Germaniya Yevro-2016’da chempion bo‘lsa, futbolchilarga 300 ming yevrodan mukofot beriladi

Nemis futbol ittifoqi Yevro-2016 turniri bo‘yicha bonuslar haqida e'lon qildi.

Qayd etish kerakki, turnir formati o‘zgargan va ishtirokchilar soni ortgan bo‘lsada, mukofot pullari miqdori 2012 yildagi kabi qolgan.

Terma jamoa chorak finalga chiqsa, futbolchilar 50 ming yevro, yarim final yo‘llanmasi uchun 100 ming yevro, final uchun esa 150 ming yevrodan mukofot puli olishlari belgilab qo‘yilgan.

Agar, Germaniya terma jamoasi turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, termaning har bir futbolchisi 300 ming yevrodan mukofot puli oladi.

Top