18:25 / 01.04.2016
1401

Germaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Gans-Ditrix Gensher vafot etdi

Germaniya TIVning sobiq rahbarrlaridan biri Gans-Ditrix Gensher 89 yoshida vafot etdi. U 1974 yildan 1992 yilgacha Germaniya Tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgandi.

Erkin demokratlar partiyasi a'zosi bo‘lgan Gensher GFR va GDR birlashishida katta xizmat ko‘rsatgandi. U 1974-1985 yillarda partiyaga rais bo‘lgan.

Gensher o‘z hayotini Germaniyadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bag‘ishladi.

Gensher Galle shahrida tug‘ilgan, Ikkinchi jahon urishidan keyin bu shahar GDR hududida qolgandi. G‘arbiy Germaniyaga u 1952 yilda ko‘chib o‘tgan (o‘sha vaqtda GFR va GDR chegarasi ochiq bo‘lgan) va shu yerda yuridik ta'lim olib, siyosat bilan shug‘ullana boshlagan.

1976 yilda BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleyasida Gensher tomonidan taklif etilgan aksilterror konvensiya qabul qilingan.

2015 yilning avgustida Gans-Ditrix Gensher G‘arbni Rossiya bilan munosabatlarni iliqlashtirishga chaqirgandi. U Rossiya ishtirokisiz Yevropada barqarorlikka erishib bo‘lmasligini ta'kidlagan.

2013 yilda u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 2 marta uchrashgani aytiladi.

U shuningdek, "Yukos"ning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyning ozod qilinishi jarayonida ham ishtirok etgan va u bilan Berlinda uchrashgan.

18 mart kuni ham Germani TIVning sobiq rahbarlaridan biri Gido Vestervelle 54 yoshida olamdan o‘tgandi.

Top