19:31 / 01.04.2016
2009

Jyeyson Steytem LG kompaniyasining reklamasida barcha qahramonlarni gavdalantirdi

LG kompaniyasi LG G5 smartfoni yangi promoroligini namoyish etdi. Unda taniqli kinoyulduz Jyeyson Steytem ekranda ko‘ringan barcha qahramonlarni o‘zi talqin etgan.

1 aprel kuni YouTube kanalida chiqqan videoda Steytem nafaqat ayol va erkak rollarida, balki kolyaskadagi bola obrazida ham namoyon bo‘lgan.

29 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda LG G5 smartfonining reklama roligi paydo bo‘lgan edi. Unda aktyor Cam Plus fotomodulli gajyetdan foydalanayotgan ayol ko‘riinishida chiqqandi.

LG kompaniyasi 21 fevral Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasi doirasida yangi G5 smartfonini taqdim etdi. Uning eng o‘ziga xos jihati - modulli tizim bo‘lib, u foydalanuvchiga bir qator yangi imkoniyatlarni beradi.

Jyeyson Steytem rejissyor Gay Richchining "Katta yutuq", "Revolver" kabi filmlari orqali tanilgan. Shuningdek, uning ishtirokidagi "Adrenalin", "Tashuvchi", "Tutqich bermaslar" blokbasterlari tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan.

Top