18:45 / 01.04.2016
1162

Kosta «Everton» bilan o‘yindagi harakatlari tufayli 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

«Chelsi» jamoasi hujumchisi Diyego Kosta Angliya kubogi doirasidagi «Everton»ga qarshi uchrashuvda (0:2) amalga oshirgan harakatlari tufayli 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va 20 ming funt miqdoridagi jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, u FA tomonidan ogohlantirish olgan. Endi u «Aston Villa»ga qarshi 2 aprel kuni o‘tkaziladigan o‘yinda ishtirok etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi «Everton»ga qarshi o‘yin vaqtida raqib futbolchisi Garet Berri bilan bahslashib qolgan va maydondan chetlatilgandi. Avvaliga u raqibining bo‘yniga tishlarini botirgani gumon qilingandi, keyinroq undan bu gumon olindi.

"Chelsi" Angliya kubogini tark etdi, Diyego Kosta raqibni tishlagani uchun maydondan chetlatildi

«Chelsi»: «Diyego Kosta Berrini tishlamaganini aytdi»

Berri Kosta o‘zini tishlamaganini aytdi

Guus Hiddink: «Kafolat yo‘q, balki Kostaning jig‘iga tegadiganlar undan bo‘sa olishni istagani uchun shunday ish qilishar»

Top