18:59 / 01.04.2016
1785

Parijdagi uylardan birida gaz portlagani tufayli 5 kishi jabrlandi

1 aprel kuni Parij shahri markazidagi uylardan birida maishiy gaz bortlashi tufayli uy joylashgan bino jiddiy zararlandi.

"Portlash kuchi shu qadar katta bo‘ldiki, yer qimirlab ketdi. Bizning uyumizdagi kastryullar va boshqa polga idishlar quladi", deydi qo‘shni binolardan biridagi pazandachilik maktabi talabasi.

Le Nouvel Observateur xabariga ko‘ra, bu hodisa tufayli 5 kishi turli darajada jarohat olgan.

Hududda o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borishgan.

Bundan avvalroq Parij shahri markazida portlash sodir bo‘lgani, uning sabablari ma'lum emasligi haqida xabar berilgandi.

Top