23:23 / 01.04.2016
2388

Tom Xiddlston Britaniyaning eng yaxshi aktyori deb topildi

Aktyor Tom Xiddlston ikkinchi marotaba Buyuk Britaniyaning milliy kino mukofotining (National Film Awards) sohibiga aylandi. Bu haqida The Hollywood Reporter nashri xabar berdi. Aktyor bu sovringa 2015 yilda taqdim etilgan “Baland bino” fantastik filmida o‘ynagan roli uchun sazovor bo‘ldi. G‘olib qariyb uch million kishi ovoz berishi yo‘li bilan aniqladi.

“Yulduzlar jangi” filmidagi bosh rollardan birini o‘ynagan aktyor Jon Boyeyga esa yil kashfiyoti sovrinini qo‘lga kiritdi. Xuddi shunday sovrin
josuslar haqidagi "Kingsman: Maxfiy xizmat" deb nomlangan jangari filmdagi roli uchun Teron Ejyertonga ham taqdim etildi. Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor nomi shu filmda rol ijro etgan Semyuel L.Jyeksonga nasib etdi.

Kinematografiyada erishgan yutuqlari uchun faxrli sovrin Xelen Mirrenga topshirildi (“Qirolicha”, “Oxirgi yakshanba”, “Gosford-park”, “Yelizaveta I”).

Tom Xiddlston Gollivudning komikslar asosida suratga olingan “Tor” va “Qasoskorlar” filmidagi Loki ismli qahramonning rolini ijro etgani bilan mashhurdir. Uning taniqli filmlari – “Tungi administrator” seriali, “To‘q qizil cho‘qqi” dahshat filmi va “Parijdagi yarim tun” komediyasi hisoblanadi.

Top