20:05 / 01.04.2016
4756

Toshkent metro bekatlarida Butunjahon qushlar kuniga bag‘ishlangan rolik namoyish etilmoqda

1 aprel - Butunjahon qushlar kuni munosabati bilan bugundan 1 hafta davomida Toshkent metro bekatlarida maxsus rolik namoyish etila boshlaydi. Bu haqda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining axborot xizmati xabar qildi.

Rolik O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ko‘magida www.birds.uz sayti tomonidan tayyorlangan.

Rolikni tayyorlashda O‘zbekiston hududida yashaydigan va qishlaydigan qushlarning fotosuratlaridan foydalanilgan. Ushbu suratlarning mualliflari qayd etishlaricha, ular mazkur aksiya orqali yurtimizdagi qushlarga e'tiborli bo‘lishni, ularni asrashning ahamiyatini va parrandalarning rangli olami bilan tanishtirishni maqsad qilishgan.

Top