17:47 / 01.04.2016
6681

Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘ida "Laylak-Varrak" musobaqasi o‘tkazildi

Joriy yilning 29 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘ida  “Laylak-Varrak” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda yoshlarimiz  sportning turli yo‘nalishlarida  o‘z mahoratlarini ko‘rsatishlari, ma'nan va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun izchillik bilan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodimiz  sportning barcha turlari bo‘yicha  shug‘ullanishlari uchun yurtimizning shahar va qishloqlarida   keng va  yorug‘ sport majmuilari qurilib, zamonaviy sport anjomlari bilan ta'minlangan. Kuni kecha “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tomonidan sportning aviamodel  turi bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan  o‘smirlar o‘rtasida “Laylak”, “Varrak”, “Korobkasimon”     yo‘nalishlari  va “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi barcha tashkilotlar o‘rtasida jamoa o‘yini   Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘ida «Laylak-Varrak»  musobaqasining ochiq chempionati o‘tkazildi. «Layk-Varrak» kabi tadbirlarning  uyushtirilishidan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongiga  milliy an'ana va qadriyatlarimizni singdirish, shu bilan bir qatorda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

Dastlab, tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi yangradi, so‘ngra musobaqa tashkilotchilari so‘zga chiqdi va tanlov  ochiq deb e'lon qilindi. Toshkent shahar birinchiligi uchun o‘tkazilayotgan ushbu bellashuv jarayonida “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi barcha tashkilotlar ishtrokchilari imkon boricha g‘oliblik uchun mehnat  qilishdi. Bu musobaqa qatnashchilari bo‘lgan yoshlarimizning  xatti-xarakatlaridan yaqqol sezilib turardi.

Musobaqada  Toshkent shahridan 65 ta o‘smirlar, shuningdek ochiq chempionat bo‘lganligi bois, Surxandayo viloyati, Termiz shahri 12-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan  3 ta ko‘ngilli bolalar qatnashishdi. 

Sovrindorlar:     

Yakka tartibdagi g‘oliblar. “Laylak” yo‘nalishi

1 o‘rin Gafurov Xojiakbar. Mirzo Ulug‘bek   (O‘quv  sport  texnika klubi)  

2 o‘rin Xalitov Farez.   Yunusobod   (O‘quv  sport  texnika klubi)     

3-o‘rin Yenileyev Salim. (Toshkent sportning texnik va  Amaliy turlari markazi.)

“Varrak”   yo‘nalishi.

1 o‘rin Zufarov Xojiakbar.    Barkamol avlod

2-o‘rin Umarov Djalolitdin.    Chilonzor (O‘quv  sport  texnika klubi)

3 o‘rin Xabibullayev Xodjiakbar.    Shayhantoxur (O‘quv  sport  texnika klubi)   

“Korobkali”  yo‘nalishi.

1-o‘rin Shatalov Aleksey.    Yunusobod   (O‘quv  sport  texnika klubi)     

2-o‘rin Jamolxonov Saidazimxon.  Serg‘ali (O‘quv  sport  texnika klubi)

3-o‘rin Kabulov Abulmansur. Toshkent sportning texnik va  Amaliy turlari markazi.

“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi barcha tashkilotlar o‘rtasida jamoa o‘yini.

1 -o‘rin Yunusobod tumani.    (O‘quv  sport  texnika klubi)

2-o‘rin  Toshkent sportning texnik va  Amaliy turlari markazi.

3-o‘rin  Sirg‘ali tumani.  (O‘quv  sport  texnika klubi)

“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi ma'naviyat bo‘limidan Shahnoza Tojiddinova tayyorladi.

Top