10:00 / 01.04.2016
1708

Xitoy markaziy banki mamlakat moliya tizimiga salkam 22 mlrd dollar kiritdi

Xitoy Xalq banki (markaziy banki) 1 aprel kuni mamlakat moliya tizimiga 140 mlrd yuan (21,64 mlrd AQSh dollari) chiqardi.

Ushbu moliyaviy amaliyot qaytuvchi repo sifatida amalga oshirilgan. Bunda qimmatli qog‘ozlar belgilangan narxda qayta sotish majburiyati bilan xarid qilinadi. Bank saytida e'lon qilingan xabarnomada shu haqda ma'lum qilingan.

Xalq banki repo amaliyotini 2,25 foizlik daromadi bilan 7 kunlik muddatga amalga oshirdi.

Xitoy Markaziy bankida izoh berishlaricha, banklararo likvidlik darajasini bir me'yorda saqlab turish maqsadida shunday choraga qo‘l urilgan.

Top