15:27 / 02.04.2016
1411

“Bunyodkor” Eronga yo‘l oldi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi delegatsiyasi bugun erta tongda Toshkent-Dubay-Isfahon yo‘nalishi bo‘ylab Eronga jo‘nab ketdi.

Xabaringiz bor, 5 aprel kuni “qaldirg‘ochlar” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida Isfahonning “Zob-Ahan” klubi mehmoni bo‘ladi.

“Bunyodkor” FK delegatsiyasi Isfahon shahriga mahalliy vaqt bilan 22:15da yetib borishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Manba: fcbunyodkor.com

Top