17:22 / 02.04.2016
1704

“Eski Jo‘va” dehqon bozorida inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi qiyma mahsuloti sotilayotgani aniqlandi

“Eski Jo‘va” dehqon bozoridagi rastalarning birida sotilayotgan qiyma mahsuloti iste'molga yaroqsiz ekanligi aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Ushbu holat bo‘yicha SVOJJDLQK departamentining Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv jarayonida ushbu mahsulotlarni qashqadaryolik Gulimboy Cho‘liyev hamda Suhrob Eminov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tayyorlab, savdoga chiqarayotganliklari ma'lum bo‘ldi. Bu shaxslar Olmazor tumanida yashirin sex tashkil etib, turli hududlardan kasalliklarga chalingan qoramollarni arzon narxlarda xarid qilib, ularning go‘shtlaridan qiyma tayyorlab, sotuvga chiqarayotganlari fosh etildi.

G.Cho‘liyev hamda S.Eminovning yashirin sexidan ashyoviy dalil sifatida olingan 315 kg. go‘sht DSNEM tomonidan tekshirilganida, ushbu mahsulotlar inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi ma'lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi jinoyatchilarga tegishli jazo tayinladi.

Top