17:38 / 02.04.2016
1385

72 yoshli yo‘lovchi osmonda yoga bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi

Havayidan Yaponiyaga uchayotgan havo layneri orqaga qaytishga va Honoluluda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu holat yo‘lovchining ekipaj qarshiligiga qaramay "yoga bilan shug‘ullanaman" deb oyoq tirab olganidan so‘ng ro‘y berdi, deb xabar berdi payshanba kuni maxsus xizmat xodimi.

72 yoshli Hyongtay Payga dushanba kuni federal sud tomonidan o‘tgan shanba kuni Tokioning Narita aeroportiga yo‘nalgan United Airlines 903-reysining buzilishi bilan bog‘liq ayblov qo‘yildi.

Top