18:41 / 02.04.2016
1583

Amaldor ayol 600 dollar pora olayotib qo‘lga tushdi

 

Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (SVOJJDLQK) departamentining Ohangaron tuman bo‘limi hamda tuman prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolar Z.Akimov va Sh.Do‘stmatova larning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) arizalari yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlaridan birining raisi M.Pardayev tumandagi bir xonadonni fuqaro A.Solihova nomiga rasmiylashtirib berish evaziga ulardan 700 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

M.Pardayev, o‘z navbatida, xonadonlarni rasmiylashtirish uchun fuqarolardan olgan puldan tuman hokimligi huzuridagi uy-joy bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Burxonovaga berishi lozimligini bayon qilgan. Ko‘p o‘tmay, A.Burhonova ham o‘z xizmat xonasida M.Pardayevdan 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sud tomonidan aybdorlarga nisbatan jazo tayinlandi.

Top