12:41 / 02.04.2016
1265

AP: «Ash-Shabob» yetakchisi AQSh tomonidan berilgan aviazarbalar vaqtida yo‘q qilindi

«Ash-Shabob» yetakchilaridan biri Hassan Ali Dhure AQSh Harbiy havo kuchlari tomonidan Somali hududida amalga oshirilgan harbiy harakatlar natijasida yo‘q qilingan. Bu haqda amerikalik harbiy amaldorga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatgan.

Pentagondan berilgan ma'lumotga ko‘ra, Dhure Somalida amalga oshirilgan 2ta yirik terakt tashkilotchisi hisoblanadi: 2014 yili poytaxt Mogadishodagi aeroportga hujum va 2015 yilning yozida shu shahardagi mehmonxonaga uyushtirilgan bosqin. Bu teraktlar tufayli 30 nafarga yaqin kishi halok bo‘lgan, shulardan kamida 3 nafari amerikalik edi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, aviazarbalar mamlakatning Keniya bilan chegaradosh hududida amalga oshirilgan. Natijada, Dhure va uning 2 safdoshi o‘ldirilgan.

2012 yilda «Ash-Shabob» «Al-Qoida» bilan birlashganini ma'lum qilgach, xalqaro terroristik tashkilot sifatida qayd etilgandi.

AQSh Somalida "Ash-Shabob" pozitsiyalariga zarba berdi

Top