09:29 / 02.04.2016
2900

AQSh Mehnat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston tekstil sanoati bilan tanishdi

AQSh Mehnat vaziri yordamchisi o‘rinbosari Erik Bil rahbarligidagi delegatsiya, O‘zbekistonga safari doirasida, 2016 yil 31 mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “Yevroteks Global” tekstil kombinatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar, korxonaning faoliyati bilan tanishib, mehnat sharoitlari va kadrlar tizimida hujjatlar yuritilishi bilan qiziqdilar.

AQSh Mehnat vazirligi vakillari, kombinatdagi ish tartibi va ortiqcha ish soatlarining mavjudligi hamda mehnat muhofazasiga doir masalalarga e'tibor qaratganlar.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda ushbu korxonada 2500 kishi mehnat qiladi, ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan talab yuqoriligi va ishlab chiqarish hajmining kengaytirilishi sababli, ishchilar sonini oshirish rejalashtirilgan.

Korxonaning malakali kadrlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, “Yevroteks Global” bilan Chirchiq sanoat va xizmat ko‘rsatish kolleji o‘rtasida, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida shartnoma tuzilgan.

AQShlik mehmonlar, korxonada yuqori malakali xodimlar faoliyat yuritayotganini e'tirof etib, kompaniya zamonaviy yuqoritexnologiyali uskunalar bilan jihozlangani, mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid masalalarga yuksak darajada rioya etilayotganini qayd etishgan.

Top