10:35 / 02.04.2016
1621

Facebook jamoasi Tsukerberg ustidan 1 aprel hazili qildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg o‘zining sahifasida jamoasi uning ustidan qanday qilib 1 aprel hazili qilganini gapirib berdi

"Mening jamoam mening anjumanlar zalimni oynavand devorlari uchun "akvarium" deb ataydi. Buning evaziga barcha men nima bilan shug‘ullanayotganimni ko‘ra oladi. Bu bizning oydinlik madaniyatimizga mos keladi. 1 aprelga ular butun xonani akvariumlar uchun mo‘ljallangan sovg‘a qog‘ozi bilan o‘rab chiqishdi. Men zalning eshigini ochganimda ustimga suv va baliqlar yopirilmasa bo‘ldiydi, deb xavotirlanib turgan edim". deb yozdi Tsukerberg.

Tsukerbergning aytishicha, uning hamkasblari ko‘plab yillar davomida xonani koptoklar va pufaklar bilan to‘ldirib yurishgan va bu galgi "sovg‘a" u hayotida ochishiga to‘g‘ri kelgan eng katta sovg‘a bo‘ldi.

Top