17:56 / 02.04.2016
1673

Ilhom Aliyev AQSh bosh kotibining o‘rinbosari bilan Tog‘li Qorabog‘ mojarosini muhokama qildi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 1 aprel kuni Vashingtonda AQSh bosh kotibining o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi, deb xabar qiladi Azertaj.

Uchrashuvda Ozarbayjon va AQSh o‘rtasidagi aloqalarning turli sohalardagi muvaffaqiyatli rivoji ta'kidlandi. Ozarbayjon prezidenti AQShga qilgan safari yakunlari bilan o‘rtoqlashar ekan, undan o‘zining qoniqish hosil qilganligini va tashrif muavaffaqiyatli kechganini bildirdi.

AQSh bosh kotibining o‘rinbosari Tomas Shennon davlat rahbari bilan kechgan uchrashuvni qiziqish bilan kuzatganini ma'lum qildi. U AQSh Ozarbayjon bilan munosabatlarining rivojiga muhim ahamiyat qaratishini aytdi, shuningdek ikki tomonning barcha sohalardagi aloqalari bundan buyon ham taraqqiy etishiga umid bildirdi.

Suhbat chog‘ida arman-ozarbayjon, Tog‘li Qorabog‘ mojarolari hamda energetika, iqtisodiyot va savdo-sotiq sohalariga doir fikrlar almashildi.

Top