15:56 / 02.04.2016
1497

Ramzon Qodirov bolalikdagi orzusi haqida aytib berdi

Checheniston respublikasi rahbari lavozimini vaqtincha bajaruvchi Ramzon Qodirov RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida, bolaligida erkin inson bo‘lishni orzu qilganini tan oldi.

«Dastlab biznesmen bo‘lish haqida o‘ylaganman. Yo‘q, uning barcha narsasini tortib olishadi, degan to‘xtamga kelganimda ancha kichik edim. Ammo, menda erkin, mustaqil inson bo‘lish istagi doimo bo‘lgan. Sen katta bo‘lganingda ishlaysan, degan insonni yomon ko‘rganman. Militsioner, davlat xizmatchisi bo‘lish kabi narsalarni tushunmaganman», —deb, uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik. 

Uning aytishicha, Ramzon ajdodlari kabi pul topish haqida o‘ylagan.

Ular «erkin ruhli insonlar bo‘lgan, ularning bitta tashvishi dinini o‘rganishdan iborat edi», deya ajdodlari xaqida fikr yuritgan Qodirov.

«Shu boisdan, ularga erkinlik berishmagan. Ammo, ular yomon yashashmagan. Tomorqa va uy hayvonlari. Hamma yegulik mazali bo‘lgan. Garchi, ular davlat xizmatida ishlamagan bo‘lsalarda», — deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.

Top