17:26 / 02.04.2016
1278

Ukraina Turkiya bilan hamkorlik qilishdan qo‘rqmaydi

Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Vladimir Demchishin RIA Novosti nashriga bergan intervyusida Ukraina energetika sohasida IShID terrorchi guruhidan neft sotib olishda ayblanayotgan Turkiya bilan hamkorlik qilishdan cho‘chimasligini bildirdi.

"Biz ulardan neft sotib olmaymiz. Ularga o‘zimizning turbinalarimiz, transformatorlarimiz, yuqori voltli uskunalarimizni taklif etish biz uchun qiziq", -deydi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, "Agar ularda bizning bozorlarimizda ishlashni istovchi treyderlar bo‘lsa, biz Ukraina hududida ularga gaz-transport tizimida o‘z xizmatlarimizni ko‘rsatishga tayyormiz".

Demchishin buni "oddiy bozor shart-sharoiti" deb izohladi.

"Bizda uran shaxtalari bor, agar ular tayyor bo‘lsalar - shu ishning rivojlanishida ishtirok etishlari mumkin", deb qo‘shib qo‘ydi u.

Top