18:57 / 02.04.2016
1403

Zlatan Ibrohimovich 76 mln yevrolik maoshdan voz kechdi

Shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibrohimovich Yevropada qolmoqchi va Xitoy ko‘chib o‘tmaydi, deb yozmoqda Eurosport.ru nashri.

Ibrohimovichga Xitoy Superligasi klublari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgani haqidagi ma'lumotlar ancha avval paydo bo‘lgandi, biroq futbolchi va uning agenti Mino Rayola aniq summalarni aytishdan bosh tortayotgan edilar.

The Telegraph nashriga ma'lum bo‘lishicha, xitoyliklar Ibrohimovichga yiliga soliq solinmaydigan 76 mln yevrolik maosh taklif qilishgan. Agar 34 yoshli futbolchi rozi bo‘lganda, 5 karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messidan 3 karra ko‘proq maosh olgan bo‘lardi. Biroq Ibrohimovich Xitoydan bildirilgan "ulkan" taklifni Yevropada qolish uchun rad etdi.

Ibrohimovich 2012 yildan beri "PSJ" safida to‘p surib keladi. Yozda u erkin agentga aylanadi. Zlatan yangi klubidan haftasiga 380 ming yevrodan kam bo‘lmagan maosh so‘ramoqchi.

Top