15:35 / 03.04.2016
1529

“Milan”ning sobiq futbochisi hamda murabbiyi Chezare Maldini olamdan o‘tdi

Italiya futbol olamidagi mashhur kishilardan biri, sobiq futbolchi va murabbiy Chezare Maldini 84 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Lastampa.

Maldini “Milan” tarkibida 1954—1966 yillar oralig‘ida 412 ta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchi sifatida to‘rt karra Italiya chempioni va 1962/63 yillar mavsumida Yevropa kubogi sohibi hisoblanadi. 1967 yildan boshlab esa murabbiylik faoliyatini boshladi. U shu yillar davomida “Milan”, “Parma”, Italiya terma jamoasi va Paragvay terma jamoalarida bosh murabbiylik qildi.

“Milan” jamoasi uning qo‘l ostida 1972/73 yillardagi mavsumda Italiya Kubogini, 1972/73 yillar mavsumida esa Kubok egalari kubogida zafar quchdi.

Ma'lumot uchun: Chezare Maldini Italiyaning yana bir afsonaviy futbochisi Paolo Maldinining otasi hisoblanadi.

Top