07:21 / 03.04.2016
1520

Erdo‘g‘an AQShda islomofobiya ommaviy tus olganini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQShda islomofobiya (islomdan qo‘rqish) ommaviy tusga kirgan, AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar esa musulmonlarni o‘z saylovoldi tadbirlarida nishon sifatida ishlatishadi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, Vashington yaqinida masjid ochilishida Erdo‘g‘an Parij va Bryusselga uyushtirilgan teraktlar Turkiya boshidan kechirganlar oldida so‘nishini aytdi.     

Top