23:02 / 03.04.2016
1502

Futbol uchrashuvi vaqtida 73 yoshli muxlis hakamga bita bilan hujum qilib qoldi

Futbol bo‘yicha Xorvatiyaning 3-divizionidagi "Primorats" va "Xrvache" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 76 yoshli muxlis hakamga beysbol bitasi bilan hujum qilib qoldi, deb xabar bermoqda Goal.com portali.

Keksa erkak uchrashuv vaqtida bita bilan maydonga yugurib chiqdi va uchrashuv hakami boshiga qo‘qqisdan zarba berdi. Oqibatda hakam shifoxonaga olib borilgan. Jarohatlar uncha jiddiy emasligi, hakamning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani ta'kidlab o‘tildi.

O‘yin 2 aprelda bo‘lib o‘tdi va maydon egalari "Primorats" klubining2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Klub matbuot xizmatida bu voqea xavfsizlik xizmati keksa erkakni jiddiy qabul qilmagani sababli yuz bergani bilan tushuntirildi.

Bosqinchi qandaydir jazo olishi haqida hech narsa ma'lum qilinmadi.

Top