11:52 / 03.04.2016
1473

OAV: Armaniston Tog‘li Qorabog‘ga "Tochka U" va "Smerch" artilleriya qurollarini yetkazdi

Armanistondan Artsaxga (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘) "Tochka U" taktik raketa majmualari va "Smerch" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari yetkazildi, deb xabar bermoqda News.am nashri.

Shuningdek, Armaniston Artsaxga raketa-artilleriya brigadasi va harbiy aviatsiyani tashlagan.

Tog‘li Qorabog‘da 2 aprelga o‘tar kechasi Armaniston va Ozarbayjon qurolli kuchlari o‘rtasida keskin to‘qnashuvlar boshlangan. Ikkala tomon ham bu ixtilofning avj olishida bir-birini ayblamoqda.

Top