17:48 / 03.04.2016
1751

Oksana Chusovitina Jahon kubogi bosqichi g‘olibasi bo‘ldi

Oksana Chusovitina Germaniyaning Kottbus shahrida o‘tayotgan gimnastika bo‘yicha jahon Kubogida tayanib sakrash bo‘yicha mashqlarda g‘alaba qozondi.

Ikki urinishidan so‘ng, uning natijasi 14.700 ballni tashkil etdi. Kumush medalni 14,350 ball bilan xitoylik Vu Jing qo‘lga kiritdi. Bronza medal sloveniyalik sportchi Tyase Kisselefga nasib etdi. Uning to‘plagan ballari 13,966 ballni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi fevral oyida Bokuda o‘tgan musobaqada ham tayanib sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Top