20:20 / 03.04.2016
1183

Pentagon: IShIDning raketa bilan o‘qqa tutishlari uchun javob bergan jangarisi yo‘q qilindi

Uchuvchisiz parvoz qurilmasi tomonidan berilgan aviazarba bilan AQSh harbiy bazasini raketadan o‘qqa tutish uchun javobgar bo‘lgan IShID jangarisi Jasim Xadija yo‘q qilindi. Bu haqda jurnalistlarga AQShning Iroq va Suriyada aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan qo‘shinlari guruhi rasmiy vakili Stiv Uorren ma'lum qildi.

Xadija IShIDning raketadan o‘qqa tutishlari va Iroqning shimolida AQSh dengiz askarlarining bazasiga hujum uchun javobgar bo‘lgan.

AQSh dengiz askarlarining bazasi o‘tgan oyda faoliyat yuritishni boshlagandi. Bazada uzoq masofaga o‘q otuvchi artilleriya qurollari joylashgan bo‘lib, ulardan IShIDga qarshi janglarda iroqlik harbiylarni qo‘llab-quvvatlashda foydalanish rejalashtirilgan. Bazada AQShning bir necha yuz askari harbiy xizmat olib bormoqda. 19 martda askarlardan biri IShID jangarilari tomonidan olib borilgan raketadan o‘qqa tutish oqibatida halok bo‘lgandi. Uch nafar askar jarohat olgandi.

AQSh mudofaa vazirligi matbuot kotibi Piter Kukning aytishicha, askarning halok bo‘lishi AQShning Iroq va Suriyada IShIDga qarshi bir qator hamkor davlatlar bilan olib borayotgan kurashidagi ikkinchi yo‘qotish bo‘ldi. Iroqda bunday harbiy harakatlar 2014 yil 15 iyunda, Suriyada esa 2014 yil 22 sentabrda boshlangandi. AQSh birinchi askarini 2015 yilning oktabrida yo‘qotgan edi. Askar AQSh maxsus kuchlari "peshmerg" kurd ayirmachilari bilan birga vertolyotlarda reyd amalga oshirayotganda halok bo‘lgandi. Reyddan maqsad Iroqning Kirkuk viloyatidagi Xavija shahridagi IShID turmasidan asirlarni ozod qilish bo‘lgandi.

Top