08:53 / 03.04.2016
1681

Zidan: Men "Real" o‘yinchilari bilan faxrlanaman

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 31-turida mehmonda "Barselona"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv madridliklarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Men juda mamnunman, ayniqsa natijadan. Juda qiyin bo‘ldi, axir bu "Kamp Nou". Men "Real" o‘yinchilari va ular qilgan ish bilan faxrlanaman. Bizga shunday g‘alaba kerak edi. G‘alabadan xursandman va o‘yin mazmunidan mamnunman. G‘alabalarga erishishni davom ettirish kerak. Biz "Barsa"dan 7 ochko ortda qolmoqdamiz, biroq hozir Chempionlar Ligasi o‘yini haqida o‘ylash kerak.

Menga "Real"ning ham himoyadagi, ham hujumdagi o‘yinchilari o‘yini birdek yoqdi. Murabbiy uchun uning jamoasi bir butundek kurashayotganini ko‘rishdan afzalroq narsa yo‘q", deb Zidan aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi AS nashri.

Top