09:35 / 04.04.2016
2068

Apple simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlovchi g‘ilofga patent olmoqchi

Avvalroq Apple kompaniyasi induksion g‘altak yordamida qurilmalarni quvvatlash tizimiga patent olgani haqida xabarlar berilgandi. Xabarlarda shuningdek, induksion g‘altaklar tomonidan uzatiluvchi va qabul qilinuvchi elektr aloqada ishga tushuvchi quvvatlash qurilmasi haqida gap ketgan. Yana bir patentda iOS-qurilmalari va MacBook kompyuterlari o‘rtasida induktiv quvvatlash qurilmasi sifatida ishlovchi himoya g‘ilofi ta'riflangan.

G‘ilof ichida magnit va induksion g‘altak bo‘lib, g‘altakdagi energiya smartfonga uzatiladi. Bunda quvvatlash Apple Watch soatlari bilan birga yetkazib beriluvchi magnit dok-stansiyasini eslatuvchi qurilma yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, taqdim qilingan suratlarda iPhone’ning an'anaviy Lightning raz'yomi yo‘qligini ko‘rish mumkin.

iPhone’ning yangi modellarida quloqchinlar uchun 3,5 mm li raz'yomlar bo‘lmasligi haqidagi gaplar ortida, kompaniya mobil qurilmalarida umuman istalgan raz'yomdan voz kechishni istayotgani hamda quvvatlash va ma'lumotlarni uzatish uchun simsiz usuldan foydalanmoqchi ekanligi kelib chiqmoqda.

Top