19:27 / 04.04.2016
1494

AQShda Krou qabilasining so‘nggi sardori olamdan o‘tdi

AQShda Krou qabilasining so‘nggi harbiy sardori, mashhur tarixchi, Ikkinchi jahon urushi veterani Jo Medison Krou vafot etdi.  Hushtak chaluvchi suv urug‘i vakili 102 yoshda edi, deb xabar beradi Associated Press. 

1939 yili Krou o‘z qabilasidan birinchi bo‘lib (antropologiya bo‘yicha) magistr darajasini qo‘lga kiritgan. O‘n yillab o‘z xalqining tarixini o‘rgangan.

Qabilaning harbiy rahbari unvoniga Krou Ikkinchi jahon urushida qator mardonavor harakatlari evaziga erishgan. Jumladan, u dushman lageridan otlar o‘g‘irlagan va nemis askari bilan jang qilgan.

Bundan tashqari, Krou o‘z xalqi madaniy an'analarini zamonaviy jamiyat imkoniyatlari bilan “bog‘lash” borasidagi ishlarda ham ishtirok etgan.

2009 yili AQSh prezidenti Barak Obama Krouni Prezident Erkinlik medali bilan taqdirlagan.

Top