17:10 / 04.04.2016
2221

YeI Shimoliy Afrika davlatlari bilan qochqinlar masalasida muzokaralar boshlashi mumkin

Yevroittifoq Shimoliy Afrika davlatlari bilan YeI va Turkiya o‘rtasidagi bitimga o‘xshash muhojirlik kelishuviga muvofiq muzokaralarni boshlab yuborishi mumkin. Bu haqda Germaniya ichki ishlari vaziri Tomas de Mezerga asoslanib Der Tagesspiegel nashri xabar bergan.

Germaniya ichki ishlari vaziri Liviya va Italiya yo‘nalishidagi qochqinlar oqimi ortsa, shunday yo‘l tutishni ko‘zlaganini ma'lum qildi.

"Men muhojirlik inqirozi cho‘qqisidan chekinayotganimizni ehtiyotkorlik bilan gapiraman. Bizning oldimizda javob berishimiz kutilayotgan qator masalalar bor. Ularga Turkiya bilan olib borilgan muzokaralarning amalda qo‘llanilishi hamda aylanib o‘tish yo‘llari (masalan, Liviya va Italiya orqali) kabi masalalarning yechimini qidirish kiradi. Agar bu yo‘nalishda keluvchilarning soni ortaversa, biz xuddi Turkiya bilan bo‘lganidek yo‘l tutishni boshlaymiz va bu haqida Shimoliy Afrika davlatlari bilan muzokaralar olib borishga majburmiz", - dedi Mezer.

Top