16:02 / 04.04.2016
1673

Iguain hakamga hamla qilgani uchun kamida 3 o‘yindan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Gonsalo Iguain mamlakat chempionati doirasidagi «Udineze»ga qarshi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdagi qiliqlari uchun bir necha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Qayd qilinishicha, hisob raqib foydasiga 3:1 bo‘lib turganida, o‘yining oxiriga kelib argentinalik futbolchi raqib himoyachisi Felipe oyog‘iga atayin zarba bergan va ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etgan. Ammo shunday keyin ham Iguain hadeganda maydonni tark etishni istamagan va hakamga e'tiroz bildirib unga tashlanishga uringan. Shuningdek, «Udineze» futbolchilari bilan ham gap talashib qolgan.

A seriya qoidalariga ko‘ra mazkur harakat futbolchining uchta uchrashuvga chetlatilishiga asos bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda Iguain gol kiritib, joriy mavsumdagi gollari sonini 30taga yetkazib olgan.

Top