08:56 / 04.04.2016
1317

Maskerano: "Real" bizni ikki qarshi hujum bilan yutdi

Barselona hujumchisi Xaver Maskerano "Real" bilan o‘tgan uchrashuv bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Navbatdagi klasiko madridliklarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Maskeranoning fikricha, "Barsa" o‘z imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalana olmadi.

"Ayanchli holat. G‘alabani istagandik, biroq oxirgi 15 daqiqada yetarlicha topqir bo‘la olmadik. Alam qiladi, axir 70 daqiqa davomida yaxshi o‘ynadik, biroq o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik", deb Maskeranoning so‘zlarini keltirib o‘tdi Goal.com nashri.

"Biz to‘pni yo‘qotmasdan, unga ko‘proq egalik qilish kerakligini anglay olmadik. Oqibatda biz bor-yo‘g‘i ikkita qarshi hujum bilan mag‘lub bo‘ldik. Real bizni ikkita qarshi hujum bilan yuta oldi", deb aytdi futbolchi.

"Bunday mag‘lubiyatlar o‘sishga va kuchliroq bo‘lishga yordam beradi. Biz bu uchrashuvgacha harakat qilganimizdek davom ettirishimiz kerak. Muhimi, o‘sha kayfiyatni mavsum oxirigacha saqlab qolish lozim, axir unvon uchun kurashda har bir o‘yin muhimdir", deb ta'kidlab o‘tdi argentinalik futbolchi.

Top