14:41 / 04.04.2016
1296

OAV: Toliblar hujumi oqibatida olti nafar afg‘on politsiyachisi halok bo‘ldi

Tolibon harakati jangarilarining Balx viloyatida politsiya karvoniga amalga oshirgan hujumi oqibatida, kamida 6 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda AP agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea yakshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot xodimlari, jangarilar hujumiga uchragan vaqtda, Afg‘onistonning Juzjon viloyatiga safar qilayotgan bo‘lgan.

NATO mamlakatda o‘z faoliyatiga barham bergach, turli ma'lumotlarga ko‘ra, 40 mingdan 60 minggacha a'zosi bo‘lgan “Tolibon” radikal harakati ta'sir doirasini kengaytirgan edi. Shu bois Afg‘onistondagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda.

Top