16:14 / 04.04.2016
1644

Obameyang: Biz Kloppga u ketgandan keyin ham mehnat qilishda davom etganimizni ko‘rsatib berishimiz kerak

Germaniyaning «Borussiya» Dortmund futbol klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang o‘zining hozirgi formaga chiqishi jamoa sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppning xizmatlari evaziga bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

«Qur'a bizni Klopp bilan to‘qnashtirganidan juda ham xursandman. Biz unga oldingi saviyamizga qaytishimiz uchun qanchalik mehnat qilganimizni ko‘rsatib berishimiz kerak. Men Yurgenning oldida qarzdorman, o‘z vaqtida u bilan bitta jamoada ishlaganimdan juda ham xursandman. Yurgen menga juda ko‘p narsalarni o‘rgatgan. Mening bugungi darajadagi o‘yinim – Kloppning xizmati», – deya Obameyangdan iqtibos keltiradi Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasi chorak finalida «Borussiya» va «Liverpul» o‘zaro duch kelishadi. Dastlabki uchrashuv 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Top