15:12 / 04.04.2016
1931

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi salkam 6 so‘mga qimmatlashdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 5 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 5 so‘m 96 tiyinga o‘sib, 2882 so‘m 68 tiyin etib belgilandi.

5 apreldan e'tiboran 1 yevro qiymati 3249 so‘m 58 tiyin (29 martdagi kursga nisbatan 24 so‘m 85 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 42 so‘m 93 tiyin (29 martdagi kursga nisbatan 89 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top