14:34 / 04.04.2016
1589

«PSJ» «Barselona»ga Neymar uchun 193 mln yevro to‘lashga tayyor

Fransiyaning «PSJ» klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchisi Neymarni yozda sotib oladigan eng asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatdi.

«Barselona» esa futbolchini sotishni istamayapti va u 2018 yilgacha amalda bo‘lgan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ammo «PSJ» Neymar uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 193 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyorligini bildirgan. Mazkur summa bir necha yillar mobaynida to‘lanadi va natijada Yevropada joriy etilgan moliyaviy feyr-pley talablarini buzilishi oldi olinadi.

Bundan tashqari, parijliklar braziliyalik futbolchiga yiliga 20 million yevro maosh taklif qilmoqda. Bu jamoadagi eng ko‘p miqdordagi maosh oladigan Zlatan Ibrahimovichnikidan 5 million yevroga ko‘proq deganidir.

2015/16 mavsum uchun Neymar «Barselona»da 14,5 million yevro ishlab topadi.

Futbolchining agenti Vagner Ribeyroning aytishicha, Neymarga Parij judayam yoqadi.

Top