Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 22-turida "Zenit" o‘z maydonida TsSKAni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. "Zenit" safida Xalk o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ydi.
Ayni vaqtda Rossiya chempionatining 1-o‘rinida "Rostov", 2-o‘rinda TsSKA bormoqda. Armiyachilar peshqadamdan bir ochko ortda qolmoqdalar. 3-o‘rinni peshqadamdan 2 ochko ortda qolayotgan "Lokomotiv" egallamoqda.
Andre Villash-Boash jamoasi 4-o‘rinni egallamoqda va rostovliklardan 4 ochko ortda qolmoqda.
Rossiya Premer-ligasi, 22-tur
"Zenit" — TsSKA — 2:0
Gollar: Xalk, 54 (1:0); Xalk, 79 (2:0).